Kulgan kim-u yig'lagan kim,
Holatimni kõrib zimdan.
Kimdir qildi duolar jim,
Baxt tiladi chin kõngildan.
Men ham bir bor yiqilgandim,
Sukutdalar õnlab dõstim.
Indamay zor yig'lagandim,
Nahot pichoq kõrdi põstim.
Dõst degani yoningda
Topilarkan yuzlab-minglab.
Lekin og'ir kunlaringda
Qolarkansan ular izlab.
Puling bõlsa chõntagingda,
Boshingda parvona bari.
Bõshab qolsa, lek odingdan
Ketishar se ...