Muhammad Yusuf

38
Mendan nima qolar ikki misra she'r! Admin: @administrator_uz
Open in app
Muhammad Yusuf
439
OSMONNING OXIRI Osmonning oxiri qayerda, dedim bir donishga. U miq etmadi. Menga juda yoqdi bu javob. Osmonning oxiri yo`q, axir! Irmoqning oxiri daryo. Daryoning oxiri dengiz. Osmonning esa oxiri yo`q. Yo`l chetida yumalab yotgan toshni tepdim. Toshdan sado chiqmadi. Xudoga soldim, degani bu. Olma shohiga osilib devorga chiqdim. To`kilgan meva qumursqalarga ermak bo`ldi. To`kilgan devor tuprog`i ...
Muhammad Yusuf
235
ALLOH GO`ZAL Orazi gul, husni hilol, Alloh go`zal, Alloh go`zal. Mutloq kamol, mutloq jamol, Alloh go`zal, Alloh go`zal… Arsh arkida sulton o`zi, Beaybu benuqson o`zi. Poyiga cho`k, ul Zuljalol, Alloh go`zal, Alloh go`zal… Diydori bir shirin umid, Azal vujud, abad vujud. Kimga ayon, kimga xayol, Alloh go`zal, Alloh go`zal… Nahri zilol, bag`ri bahor, Gul chehra yor, nur chehra yor. Oromijon, os ...
Muhammad Yusuf
213
ONAIZOR Ko`nglim qolsa bulbuldan ham guldan ham, Qolar bo`lsam bir kun axir tildan ham… Agar bir zot yig`lasa chin dildan ham – Onam yig`lar, onam yig`lar, onam u… Sig`may qolsam shunday keng bu jahona, Osmonlarga ruhim bo`lsa ravona, Jonsiz tanim ustida ham parvona – Onam yig`lar, onam yig`lar, onam u… Tonar bo`lsa qo`limdagi tor, dunyo, Uch kun o`tmay unutgay do`st-yor, dunyo. Yeru ko`kni tit ...
Muhammad Yusuf
204
ONA MENI NEGA TUG`DING — Ona, meni nega tug`ding? — Yurting uchun. — Ona, meni nega tug`ding? — Baxting uchun... — Ona, meni nega tug`ding? — Zoriqqandan. — Ona, meni nega tug`ding? — Zerikkandan…!
Muhammad Yusuf
226
O`P MENI Mening g`animlarim bulutdan ham ko`p, Ortimdan soyadek yurishar to`p-to`p, Salomat ekanim ham bir g`animat, O`p meni, sevgilim, o`p, so`nggi bor o`p. Ko`ngil yig`lar, qara ko`zlar tonmoqda, Ko`kragimga ko`ksing qo`ygin – yonmoqda, Chayqalib turipti ruhim tamoqda, O`p meni, sevgilim, o`p, so`nggi bor o`p. Ey mening jallodim, ey mehribonim, Ko`kim tuproq mening, tuproq – osmonim, Tilimni ...
Muhammad Yusuf
208
SURAT Mening kimligimni Bilmaydi hech kim. Men bir g`alatiman, Men alohida. Ko`zimning yoshini Keladi ichgim, Tilimni chaynagim, Kelar gohida. Oy mening yelkamga O`tirib olgan, Oftob g`avg`o solar Yurgan yo`limga. Xayol tushovidan Chiqolmay qolgan Umrimni topshirib Qo`ydim ko`nglimga. Endi toshni tepsam, O`par izimni, Yerga ag`anasam – Yer ham devona. Barmog`im o`pgandim Suygan qizimni, Qo`li y ...
Muhammad Yusuf
178
SODDA MUHAMMADMAN Sodda Muhammadman, Sodda Muhammad. Turkman qizni maqtab baloga qoldim. Ko`ylagiga xavas qilgandim faqat, Toabad tuganmas g`avg`oga qoldim… Nedan ranjidingiz jon singillarim, Qaboqlar uyuldi, chimrildi qoshlar. Turkman tushunmay tosh otsa, chidadim, Ammo yomon botdi siz otgan toshlar. Yorug` dunyoda-ku bari qiz go`zal, Millat tanlamas-ku husn degani, Nigohim Jayhundan sakrab o` ...
Muhammad Yusuf
167
HAZIL Mening haqimdagi g`iybatlar yolg`on, Ixtiyor o`zimda bo`lsa qaniydi. Sharob ichish menga Xayyomdan qolgan, Ichmasam ul zotning ko`ngli ranjiydi. O`zim boshladimmi, o`zim qilgum bas, Do`stlarim behuda zavolim izlar, Agar qirqqa kirmay o`lsam, may emas, Meni xarob etgan bevafo qizlar!..
Muhammad Yusuf
173
ONAMGA XAT Men sizni o`ylayman shomu saharda, Ona, sog`insam ham bora olamayman, Tunlari charog`on shunday shaharda Hech kimga ko`nglimni yora olmayman. Men siz aytgandayin hammabni sevdim, Hammaga ishondim, mana oqibat: O`z do`stim uyiga ko`mildi sevgim, Kun bo`lib ko`ksimni kuydirdi nafrat. Boshimdan o`tgani ko`kka ham ayon, Yulduzlar qiqirlab kular oqbadan: Men –zangor yaylovda olis, bepoyon ...
Muhammad Yusuf
182
SEVGI BU… Sevmoq bu Kechirmoq degani asli, Toki bu dunyoda quyosh bor, gul bor. Yalpizlar gullagan shu bahor fasli, Sodiq hamdam bo`lgin sen menga, dilbar. G`iybatlar tingladim, aylandi boshim, Ho`l tuproq kuydirdi tovonlarimni, Va mana men uyda ko`nglimni yulqib Ko`mdim beor do`stdek gumonlarimni. O`ylar suraverdim kechalar tanho, Goho, jiqqa yoshga to`lganda ko`zim. Va seni sevmoqdan oldin bi ...
Muhammad Yusuf
172
XAVOTIR Qo`rqaman, ertaga men o`lib ketsam, Yotar bo`lsam 1qumga botib ko`zlarim, Ko`nglimni ko`chkiday bosadi bir g`am – Yig`lashni ham bilmas mening qizlarim… Eng yaqin do`stlarim g`iybatim qilar, Eng zaif dushmanim ustimdan kular. Ular-ku, ne qilsa o`zlari bilar, Yig`lashni ham bilmas mening qizlarim… Shoir o`lsa kim ham kuyinar deysiz, Madhoyaboz hozir suvarakday ko`p. Ular misli qishda tar ...
Muhammad Yusuf
186
LOLAQIZG`ALDOQ Shavkat Rahmon xotirasiga Mendan nima qolar: Ikki misra she’r, Ikki sandiq kitob, Bir uyum tuproq. Odamlar ortimdan Nima desa der, Men seni o`ylayman O`zimdan ko`proq – Lola, lolajonim, Lolaqizg`aldoq! Men ketsam, yomondan Yiroq bo`l, ohu, Chunki sen chiroyli, Ko`rkli bir juvon. Yomon kunlar bir kun Yaxshi bo`lar-u, Yomon odam yaxshi Bo`lmas hech qachon… Yasha chegarada Turgandek ...
Muhammad Yusuf
168
MENING DARDIM Tuzalmaydi dardim mening, O`lsam kerak. Tuproq bilan og`a-ini Bo`lsam kerak. O`lim nima? Bu ham bitta Sayr, Ona. O`g`ling qaro yerga ketdi, Xayr ona… Tuzalmas bu dardim mening, Umidim yo`q. Xira shamdek ko`zlarimda So`nmoqda cho`g`. Cho`g nimadir? Cho`g` ham tutab, Kul bo`ladi. Inson bir kun o`z mayliga Qul bo`ladi… Yuragimni tamom qildim, Yig`layverib. Huzurimda ajal turar, Qos ...
Muhammad Yusuf
181
BIZ BAXTLI BO`LAMIZ Mayli-da, kimgadir Yoqsa, Yoqmasa, Ularga qo`shilib Yig`lasharmidik. Biz baxtli bo`lamiz Xudo xohlasa, Xudo xohlamasa Uchrasharmidik… Rayhon hidlaringni Yo`llarimga sep, Kut meni, Har oqshom, Ko`kka oy chiqqan. Faqat, Yig`lamagin, Gunohim ne deb, Aybing – Onang seni Chiroyli tuqqan!.. Menga Bir tabassum Hadya et, ey yor, Nur tomsin Lablaring Sohillaridan. O`zing ayt, Senday ...
Muhammad Yusuf
173
VATANIM Men dunyoni nima qildim, O`zing yorug` jahonim, O`zim xoqon, O`zim sulton, Sen taxti Sulaymonim, Yolg`izim, Yagonam deymi, Topingan koshonam deymi, O`zing mening ulug`lardan Ulug`imsan, Vatanim… Shodon kunim gul otgan sen, Chechak otgan izimga, Nolon kunim yupatgan sen, Yuzing bosib yuzimga. Singlim deymi, Onam deymi, Hamdardu hamxonam deymi, Oftobdan ham o`zing mehri – Ilig`imsan, Vatan ...
Muhammad Yusuf
168
UYQUDAGI QIZ Qaro yerga qo`yib bosh, Bir qizgina uxlaydi. Ko`zlariga to`lib yosh, Hur qizgina uxlaydi. Yotar qurib darmoni, Mangu uxlar gul yanoq. Ko`ngli to`la armoni, Qo`yni to`la qizg`aldoq. Bu dunyo hech sendek Qiz yo`q edi tur singlim, O`zing orzu qilgandek, To`y qilamiz, yur singlim. Oy yuzingga bir nafas, Harir ro`mol o`rarsan. Gulgul yonib muqaddas Chimildiqqa kirarsan.
Muhammad Yusuf
174
ONAJON Topmoq - yo‘qotmoqdir, Yo‘qotmoq – topmoq, Sen so‘lib, Men yashab, To‘lishimga boq. Sensiz topganimdan Ko‘proq yo‘qotdim – Sen meni yupatding, Seni yig‘latdim, Sen meni yaratding, Seni tugatdim. Uyalmay ONA deb, Kelishimga boq!.. Sog‘inch haqda she’rlar Yozdim o‘zimcha, Mendan peshonangda Dog‘lar tizimcha. O‘g‘il bo‘lmay o‘lay, Attangb ming attang. Qiz tug‘sang netardi, Ko‘proq qiz tug‘san ...
Muhammad Yusuf
165
ИҚРОР О, ота маконим. Онажон ўлкам, Ўзбекистон, жоним тўшай соянгга. Сендай меҳрибон йўқ, Сенингдек кўркам. Римни алишмасман бедапоянгта. Бир гўша сув бўлса, бир гўша қирлар, Қанча юртни кўрдим, қанча тақдирлар. Қайга борсам суяб, бошни тик тут деб, Тоғларинг ортимдан эргашиб юрар. Кўрдим сулувларнинг энг фарангларин. Ё худбинман мен ё бир содда касман мен – Парижнинг энг гўзал ресторанларин, Б ...
Muhammad Yusuf
171
Маъюс куним кўзим тушса, Куяр осмон, тушунмайсан. Мени само тушунгайдир, Сен, эй инсон, тушунмайсан.. Куйиб кўксим ўтар бўлсам, Оқар бўлсам, кетар бўлсам, Мени дарё тушунгайдир, Сен, эй уммон, тушунмайсан. Мен ҳам шайдо, мен ҳам мафтун, Мен ҳам ҳеч кими йўқ Мажнун, Мени лайло тушунгайдир, Сен, эй жонон, тушунмайсан. Менинг йўлим узун армон, Ўзим довон, ўзим карвон, Мени саҳро тушунгайдир, Сен, э ...
Muhammad Yusuf
180
БИЗ БАХТЛИ БЎЛАМИЗ Н.га Майли-да, кимгадир Ёқса, ёқмаса, Уларга қўшилиб Йиғлашармидик. Биз бахтли бўламиз Худо хохласа, Худо хоҳламаса Учрашармидик... Райҳон ҳидларингни Йўлларимга сеп, Кут мени, ҳар оқшом, Кўкка ой чиққан. Фақат, йиғламагин, Гуноҳим не деб, Айбинг - онанг сени Чиройли туққан!.. Менга бир табассум Ҳадя эт, эй ёр, Нур томсин Лабларинг соҳилларидан. Ўзинг айт, сендай қиз Яна қайд ...
Muhammad Yusuf
182
Muhammad Yusuf 1954 yil 26 aprelda Andijon viloyatining Marhamat tumanida tug‘ilgan. O’zbekiston xalq shoiri (1998). Rus tili va adabiyoti institutining rus tili va adabiyoti fakultetini tamomlagan (1978). Ilk she’rlar to‘plami — «Tanish teraklar» (1985). «Bulbulga bir gapim bor» (1987), «Iltijo» (1988), «Uyqudagi qiz», «Halima enam allalari» (1989), «Ishq kemasi» (1990), «Ko‘nglimda bir yor» (199 ...